“O‘zTTBRM” davlat unitar korxonasi yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

mar 10 2023

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun quyida ko‘rsatilgan lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi:

1. 2-mintaqaviy boshqaruv bog‘lamasi (Nurafshon) muhandisi lavozimiga;

2. 5-mintaqaviy boshqaruv bog‘lamasi (Buxoro) 1-toifali texnik;

3. 6-mintaqaviy boshqaruv bog‘lamasi (Nukus) aloqa elektromexanigi.

Malakaviy talablar:

Oliy maʼlumotli, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy taʼlim muassasasini tamomlagan, telekommunikatsiya yo‘nalishi faoliyatida kamida 3 yil stajga ega, jamoa bilan ishlay olish qobiliyatiga ega, masʼuliyatli, talabchan, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi kerak.

Nomzodlar o‘zlari haqidagi maʼlumotlar (obʼektivkalar)ni tmc@rtmc.uz elektron manzil orqali taqdim etishlari so‘raladi.