O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov boshchiligidagi delegatsiya Barselona (Ispaniya Qirolligi) shahrida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2023” Jahon mobil kongressida ishtirok etmoqda.

fev 28 2023

Ushbu delegatsiya tarkibida «O‘zTTBRM” DUK, «O‘zbektelekom” AK, Beeline Uzbekistan, Mobiuz, Ucell mobil aloqa operatorlari va Elektron hukumat markazi, IT-Park hamda boshqa qator telekommunikatsiya sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar vakillari faol qatnashmoqda.

Xalqaro tadbir davomida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan aloqa operatorlari va nufuzli xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni yanada jadallashtirish va mamlakatimiz telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish orqali zamonaviy xizmatlarni taqdim qilish maqsadida bir nechta hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Forum doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining bir qator xorijiy IT-kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi hamda ushbu forum doirasidagi bir qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.