Buxoroga sayohat tashkil etildi

mar 23 2023

Buxoro – qadimiy shaharlarimizdan biri bo‘lib, islom olamida diniy va ilm-maʼrifat markazi sifatida tanilgan, “Buxoroi Sharif” deya ulug‘langan boqiy shaharlarimizdan biri hisoblanadi.  Ulug‘ ayyom kunlari “O‘zTTBRM” DUK tomonidan tashkilot xodimlari va ularning oila aʼzolariga hamda “Belariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi 2 nafar nuroniylar uchun Buxoro shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi.    Sayohat davomida “O‘zTTBRM” DUK xodimlari qadimiy ziyoratgohlarni ziyorat qilish bilan birga Buxoroning tor ko‘chalarini kezib ko‘k gumbazli hashamatli binolar, qadimiy qadamjolar hamda kichik loysuvoq uylardan zavq olishdi.  Bir olam taassurot bilan qaytgan soha xodimlari tashkilot maʼmuriyati va kasaba uyushmasiga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.