Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “OʼzTTBRM” DUK tomonidan “Oʼzavtosanoat” dileri bilan Malibu 2 avtomobilini xarid qilish boʼyicha tuzilgan shartnoma koʼrsatilgan post muhokama qilindi. Shundan kelib chiqib maʼlum qilamizki,
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjetlararo munosabatlarni va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” 2022 yil 15 apreldagi PQ-208-son qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorning 2-bandida Moliya vazirligi tegishli vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda byudjet tizimi byudjetlaridan asosiy vositalarni xarid qilish hamda bino va inshootlarni taʼmirlash bilan bogʼliq xarajatlarni joriy yil yakuniga qadar toʼxtatish (xarid qilish tartib-taomillari boshlangan, shuningdek roʼyxatdan oʼtkazilgan yuridik majburiyatlar bundan mustasno) va ushbu maqsadlar uchun joriy yilda rejalashtirilgan mablagʼlarni qisqartirish yoki 2023 yilga oʼtkazish choralarini koʼrish belgilangan.
Shunga koʼra maʼlum qilamiz-ki, “Oʼzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi mustaqil xoʼjalik yurituvchi subʼekt hisoblanib, korxona byudjetini oʼzi shakllantiradi va yuqorida keltirilgan taqiqlar kiritilishi mumkin boʼlgan korxonalar sirasiga kirmaydi.
"OʼzTTBRM" DUK
Matbuot xizmati