1992 yil
1992 yil 1 avgustda O’zbekiston Respublikasi Aloqa Vazirliginigining 1992 yil 29 iyuldagi №168-son
buyrug’iga muvofiq Operativ boshqaruv xizmati va Hududiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida
Xalqaro va Shaharlararo tarmoqlarni boshqarish markazi tashkil etildi.
2004 yil
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 mayda qabul qilingan “O’zbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №215-son
qaroriga muvofiq Xalqaro va Shaharlararo tarmoqlarni boshqarish markazi O’zbekiston
telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi(O’zTTBRM)ga o’zgartirildi. O’zTTBRM
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tarkibiga kiruvchi korxonadir.
2007 yil
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrda qabul qilingan “Ustav fondida
Davlat ulushi bo’lgan korhonalarning samarali boshqarilishini va Davlat mulkining zarur darajada
hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi №215-son qarori bilan tasdiqlangan
Davlat korxonalari to’g’risidagi Nizomiga muvofiq O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini
boshqarish Respublika markazi “O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika
markazi” Davlat unitar korxonasiga o’zgartirildi.