Markaz haqida

Telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishning asosiy vazifasi aholini, xalq xo’jaligi ob’ektlarini va davlat boshqaruv organlarini barqaror zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlashdir. O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi asosiy vazifalari quyidagilardir:

– Telekommunakatsiya tarmoqlarini samarali ishlashini ta’minlash va muvofiqlashtirish;

– Davlat boshqaruv organlari manfaatlarini ko’zlagan holda telekommunikatsiya xizmatlariga bo’lgan talablarni to’laqonli qondirish, tarmoqlardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini muvofiqlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish;

Hozirgi vaqtda O’zTTBRM quyidagilarni ta’minlab kelmoqda:

-“O’zbektelekom” AKsi telekomunikatsiya tarmog’I holatimi real vaqt davomida monitoring qilib borish;

-O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari sifati hamda barqororligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalarni kelishish; -Telekommunikatsiya tarmoqlarida sodir bo’ladigan avariya holatlarini oldini olish va ularni o’z vaqtida qayta tiklashni nazorat qilish; -Telekommunikatsiya tarmoqlarida olib boriladigan ta’mirlash-sozlash ishlari rejasini kelishish va o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;

-Davlat boshqaruv organlari bilan umimiy foydalanish telekommunikatsiya tarmoqlari kanallari va traktlarini ijaraga olish bo’yicha shartnomalar tuzish;

-Yuridik shaxslar bilan kanallar va traktlarni ijaraga olish yuzasidan talablarni o’rganib chiqish va shartnomalar tuzish.

-Televizion signallarni Respublika hududi va tashqarisiga uzatish bo’yicha kanallar tashkil etish;

O’zTTBRM quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan:

-Shaxarlararo va zona ichi telekommunikatsiya tarmoqlari bo’yicha;

-Signalizatsiya tizimini ishlatilishi bo’yicha;

-O’zbekiston, MDH va uzoq xorij daylatlari raqamlash rejasi bo’yicha

Markaz shaharlararo va xalqaro kodlardagi o’zgarishlar, O’zbekiston Respublikasi raqamlash rejasidagi o’zgarishlar bo’yicha xabardor qiladi va boshqa davlatlar operativ-texnik boshqaruv markazlari bilan hamkorlik qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 589-son qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish, yaratilgan tizimga operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini ulash “O’zTTBRM” DUKga yuklatilgan.

Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

– Transport va kommutatsiyalanuvchi tarmoq qurilmalari to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash;

– Foydalanuvchilar ish o’rinlarida Respublika telekommunikatsiya tarmog’i yoki uni tashkil etuvchilari haqida aniq ma’lumotlar ko’rinish;

– Real vaqt rejimida transport tarmoqi va kommutatsiyalanuvchi tarmoqlar holati haqida ma’lumot olish;

O’zbekiston Respublikasi telekommunikatiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish telekommunikatsiya tizimlarida sodir bo’layotgan uzilishlarni o’z vaqtida bartaraf etish va barqaror ishlashini ta’minlash, favqulotta vaziyatlarda va har qanday sharoitda O’zbekiston Respublikasi aholisini uzliksiz aloqa xizmatlari bilan ta’minlashga hizmat qiladi.