Bo’limlar

Transport tarmoqlarini boshqarish bo’limi (TTBB)

TTBB asosiy vazifalari:

  • – O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari ishlashini baholash;
  • – Davlat boshqaruv organlari, modova va milliy xavfsizlik xizmatilari, boshqa xo’jalik sub’yektlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda O’zbekiston telekommunitsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini barqaror ishlashini ta’minlash;
  • – Davlat boshqaruv organlari, mudofaa va milliy xavfsizlik xizmatilari ehtiyojini qondirish maqsadida operatorlar telekommunikatsiya taqmoqlaridan imtiyozli foydalanish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
    Favqulotda vaziyatlarda O’zbekiston Respublikasi birlamchi tarmoqlarini tezkor-texnik boshqarish;
    Chet el davlatlari telekommunikatsiya operatorlari hamda Milliy Boshqaruv Markazlari bilan o’zaro hamkorlikda ishlash;
  • – Turli operatorlar va «O’zTTBRM» DUK o’rtasida tuzilgan shartnomalarda belgilangan vazifalar va Vazirlik (O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) farmoishlari;
  • – Shaharlararo va zona ichi transport tarmoqlari resurslari to’grisidagi ma’lumotni hamda tarmoq elementlarini yagona tasniflash va kodlashga amal qilgan holda O’zbekiston ikkilamchi tarmoq resurslari to’grisidagi markazlashgan ma’lumotlar bazasini yuritish;
  • – O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari sxemasini tayyorlash va unga o’zgartirishlar kiritib borish;
    O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish, tarmoq boshqaruv tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
  • – MDH va boshqa davlatlarni O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi o’zgarishlardan xabardor etish;
  • – O’zbekiston Respublikasi televidiniya va radio uzatish sxemasini tayyorlash va unga o’zgartirishlar kiritib borish.


Texnologik jarayonlar va avtomatlashtirish bo’limi (TJvaAB)

TJvaAB asosiy vazifalari:

  • – O’zbekiston Respuplikasi zamonaviy tarmoq resurslarini boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish loyihasida ishtirok etish;
  • – O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari texnik holatini monitoring va tahlil qilish;
  • – «O’zTTBRM» DUKda texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • – «O’zTTBRM» DUK lokal tarmog’i ishchi holatini nazorat qilish va ta’minlash.


Telekommunikatsiya xizmatlarini sotish va hisoblash bo’limi  (TXSvaHB)

TXSvaHB asosiy vazifalari:

  • – Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va xavfsizlik xizmati, huquqni muhofaza qilish va favqulotda holatlardan saqlash idoralarining aloqa kanallari va traktlarini ijaraga olish bo’yicha buyurtmalarini markazlashtirilgan holda ko’rib chiqish, umumfoydalanish telekommunikatsiya tarmoqlaridagi kanallar va traktlar ijarasi bo’yicha shartnomalar tuzish va yuritishni amalga oshirish;
  • – Operatorlar tarmoqlarida yuridik shaxslar buyurtmalaridan kelib chiqqan holda shartnoma asosida kanallar va traktlar ijarasi bo’yicha shartnomalar tuzish va yuritish;
  • – Aloqa kanallariga bo’lgan ehtiyojni qondirish maqsadida iste’molchilar bilan o’zaro hamkorlikda ishlar olib borish;
  • – Shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish;
  • – Tuzilgan shartnomalarga muvofiq ijarachi va buyurmachilar bilan o’z vaqtida hisob-kitob ishlarini olib borish.


Tezkor boshqaruv punkti (TBP)

TBP ning asosiy vazifalari:

  • – O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog’ining effektiv ishlashini ta’minlash;
  • – O’zR telekommunikatsiya tarmog’ini texnik holati tahlili hamda doimiy tizimli monitoringini olib borish;
  • – Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari manfaatini ko’zlagan holda telekommunikatsiya tarmoqlaridan ustivor ravishda foydalanishni tashkil etish hamda tezkor-texnik boshqaruvini amalga oshirish;
  • – Favqulotda holatlarda va avariya sodir bo’lganda Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta tiklash bilan bog’liq ishlarni boshqaradi;


Qo’ng’iroqlarga xizmat ko’rsatish bo’limi (QXKB)

  • – qo’ng’iroqlarni yo’qotishning oldini olish va javob kutish vaqtini kamaytirish uchun kiruvchi qong`iroqlarni samarali tashkil etish;
  • – qo’ng’iroqlarga xizmat ko’rsatishni nazorat qilish va optimallashtirish;
  • – qo’ng’iroqlarni yo’qotishning oldini olish va javob kutish vaqtini kamaytirish maqsadida kiruvchi qo`ng`iroqlarni samarali tashkil etish;
  • – “xizmat ko`rsatilmagan” qo’ng’iroqlar sonini kamaytirish;
  • – qo’ng’iroqlar statistikasini va xizmat sifatini tahlil qilish;
  • – abonentlarning qoniqish darajasini oshirish.


Fuqarolar murojaatlari bo’limi (FMB)

FMB asosiy vazifalari:

  • – jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni, shuningdek korxonalardan kelib tushgan murojaatlar va shikoyatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqishni tashkil etish;
  • – “O`zTTBRM” DUKga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlarini ko’rib chiqish ustidan nazoratni olib borish;
  • – “O`zTTBRM” DUKga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlari bilan ishlashni monitoring qilish va tahlil qilish;
  • – “O`zTTBRM” DUK bo’limlari tomonidan kelib tushgan murojaatlarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
  • – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari masalalari bo’yicha seminar va o’quv treninglarini tashkil etish;
  • – “O`zTTBRM” DUKning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
  • – “O`zTTBRM” DUKga rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari masalalari bo’yicha ochiq qabullarini, sayyor uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, ularda bevosita ishtirok etish.

  • Umumiy bo’lim (UB)

    UB asosiy vazifalari:

    • – korxona infratuzilmasi samaradorligini ta’minlash;
    • – “O`zTTBRM” DUK ish yuritishini ta’minlash va nazorat qilish;


    Mobil qurilmalarni xalqaro o`ziga xos identifikatsiya kodlari asosida ro’yxatga olish tizimi biznes jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirish bo’limi

    Asosiy vazifalari:

    • – Mobil qurilmalarni hisobga olish va ro’yxatga o`tkazish tizimini holatini doimiy monitoring qilish, tahlil qilish va baholash;
    • – «Global System for Mobile Communication Association» (GSMA) assotsiatsiyasi va Mobil qurilmalarni hisobga olish va ro’yxatga o`tkazish tizimi o’rtasida tuzilgan shartnomalar asosida zamonaviy va sifatli ma’lumotlar almashinuvi bo’yicha ish olib borish;
    • – «INFORMATION TECHNOLOGY CENTER» va «Svyazcom» kompaniyalarining texnik ko’magi bilan ish muzokaralarini olib borish, shuningdek Mobil qurilmalarni hisobga olish va ro’yxatga o`tkazish tizimini muammolarni birgalikda hal qilish;
    • –  davr talablariga javob berish maqsadida Mobil qurilmalarni hisobga olish va ro’yxatga o`tkazish tizimining imkoniyatlarini takomillashtirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlaridagi o’zgarish.