Telekommunikatsiyalarda firibgarlikning zamonaviy usullari va ularni aniqlash yo‘llari

23.06.2022

Kuni kecha “Radisson” mehmonxonasining biznes markazida “telekommunikatsiyalarda firibgarlikning zamonaviy usullari va ularni aniqlash yo‘llari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda global telekommunikatsiya infratuzilmasi xavfsizligi xaker va firibgarliklardan himoyalanmagan. Telekommunikatsiya tranzaksiyalarining xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha milliy dastursiz mamlakat texnik spufing, manipulyasiya va ruxsatsiz tranzaksiyalar bilan bog‘liq cheklov va ekspluatatsiyalardan aziyat chekishda davom etadi.
Tadbir davomida LATRO vakillari, savdo direktori Lilian Chisalita va katta yechimlar arxitektori Erroussafi Elmehdi ovozli qo‘ng‘iroqlar, SMS-xabarlar va mobil pul operatsiyalarini himoyalashda milliy xavfsizlikni oshirish va mavjud firibgarlik tahdidlarini sezilarli darajada kamaytirish usullarini taqdim etdilar.

 

Manba: rtmc.uz

Share on Facebook0Share on Google+0Tweet about this on TwitterShare on LinkedIn0