Pochta aloqa bo’limlarida mobil qurilmalarni ro’yxatga olish va bugungi kundagi mavjud bo’lgan muammolar o’rganish

30.12.2020

Joriy yilning 21 dekabr kuni “O’zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshkarish respublika markazi” davlat unitar korxona direktorining birinchi o’rinbosari v.b. Sherzod Meliboev va “O’zbekiston pochtasi” aktsionerlik jamiyatini direktorining moliya ishlari bo’yicha o’rinbosari Rustam Davamuxamedov ishtirokida mobil qurilmalarni ro’yxatga olish jarayonida pochta bo’limlarida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilish va ularning echimini topish maqsadida barcha xududiy pochta bo’limlari bilan videokonferents aloqa tarzida tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida mobil qurilmalarni ro’yxatdan olishda kelib chiqayotgan dolzarb muamolar muhokama qilindi. Shu jumladan, fuqarolarni shaxsiy ma’lumotlari mobil qurilmani ro’yxatdan o’tkazishda uchinchi shaxs tomonidan noqonuniy foydalanishi, ro’yxatga oluvchi xizmatini ko’rsatayotgan pochta aloqa bo’limlari soni kamayib ketishi, “O’zbekiston pochtasi” AJ tomonidan mobil qurilmalarni ro’yxatga olish vazifasini bajarish uchun ajratilgan xodimga nisbatan fuqarolardan shikoyatlar kelib tushayotgani ta’kidlandi.

Sh.Meliboev uchrashuv so’ngida aholi noroziligi sababli mobil qurilmalarni ro’yxatga olish xizmatini ko’rsatadigan qo’shimcha pochta bo’limlarini joriy etish, “O’zbekiston pochtasi” AJ tomonidan mobil qurilmalarni ro’yxatga olish tizimi bilan o’z ish faoliyatini olib boradigan xodimlar uchun tizim operatori “O’zTTBRM” DUK xodimlari tomonidan qoshimcha o’quv kursi tashkil qilish kabi takliflarini kiritdilar.

Manba:  rtmc.uz