O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag’ishlangan davra suxbati bo’lib o’tdi

07.12.2020

Har yili 8 dekabr kuni O’zbekiston Konstitusiyasi kuni nishonlanadi. Shu kuni 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida mamlakatning asosiy qonuni bir ovozdan qabul qilingan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – Vatanimiz mustaqilligining yorqin ramzi bo’lgan ijtimoiy taraqqiyotning mustahkam ko’magi va huquqiy kafolatidir. Uning qabul qilinishi mamlakat suverenitetining eng muhim bosqichlaridan biri bo’lgan. Asosiy qonun inson huquq va erkinliklari, jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi. Bu esa jamoatchilik bilan aloqalarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo’lib xizmat qiladi va fuqaro, jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Mamlakat tanlagan yo’l va xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan “o’zbek taraqqiyoti” modelini bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida erishilgan yutuqlar O’zbekiston Konstitusiyasi qoidalarini amalga oshirishning amaliy samaralaridir.

Bir gap bilan aytganda, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi Vatanimizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotining huquqiy kafolatidir.

Ushbu bayram munosabati bilan, “O’zTTBRM” DUK jamoasi barcha O’zbekiston fuqarolariga mustahkam sog’liq, oilaviy xotirjamlik va davlatimiz ravnaqi yo’lida olib borayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Manba:  rtmc.uz