O‘zbekiston Internet-tezligi bo‘yicha dunyo reytingida yana ko‘tarildi

19.02.2021

Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021 yil yanvar oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan va mobil Internet tezligi bo‘yicha o‘sish qayd etildi.

2021 yil yanvar oyi ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan Internet tezligi (Fixed Broadband) bo‘yicha O‘zbekiston umumiy reytingida ikkitta pozitsiyaga ko‘tarilib, 94-pog‘onani egallamoqda. Yuklash bo‘yicha tezligi esa 34,62 Mbit/s mo tashkil etdi.

Mobil Internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatqich qayd etildi. 2021 yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston yana ikkitta pog‘onaga ko‘tarilib, hozirgi kunda 128-positsiyani egallamoqda. Mobil Internet tezligi esa 12,94 Mbit/s ni tashkil etdi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi ikki yil ichida Internet tezligi bo‘yicha umumjahon reytingida O‘zbekiston positsiyalari tobora yahshilanmoqda. Jumladan, so‘nggi ikki yil ichida (2019 yil yanvar oyidan 2021 yil yanvargacha) O‘zbekistonda aniqlangan Internet tezligi 3 barovarga o‘sdi — 10,89 Mbit/s dan 34,26 Mbit/s gacha. 2020 yil yanvar oyida O‘zbekiston aniqlangan Internet tezligi bo‘yicha 104-pog‘onani egallagan bo‘lsa, 2021 yil yanvar oyida esa 94-o‘ringacha ko‘tarildi,

 

Ma’lumot uchun:

Speedtest Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

Irlandiyalik Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test o‘tkazuvchi jaxondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini test o‘tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o‘tkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

 

Manba: mitc.uz