“O‘zbek tili bayrami” kuniga bag`ishlangan davra suhbati

26.10.2020

O’zbekiston, milliy davlatchiligimiz va o’zligimizni timsoli bo‘lgan ona tilimizni rivojlantirish ma’naviy tarbiya masalasida eng muhim yo’nalish bo’lib qolmoqda.
Sh. Mirziyoyev

“O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi O’zbekiston Respublikasi Ma`naviyat markazi bilan hamkorlikda joriy yil 22 oktyabr kuni Davlat tili kuni 31 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzuida davra suhbati o’tkazdi.
Tadbir korxona xodimlari va yuridik fanlar doktori-professor, O’zbekiston Respublikasi Ma`naviyat markazi eksperti Muhiddinova Feruza Abdurashidovna ishtirokida tashkil etildi.
Mutasadi tamondan tashkilotlar va idoralarda xodimlari davlat tilida ish yuritish, o‘zbek tilining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so’z yuritdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida korxona xodimlari uchun F. Muhiddinova o`zbek tarihi, buyuk bobokalonlarimiz, halqimiz ma`naviyatiga va madaniyatiga oid bir qator mavzulardan saboh berdilar.
Tadbirni so`ngida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan nashr qilingan 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda “Davlat tilida ish yuritish” uslubiy qo‘llanmasining nashir etilib mamlakatimizning suvereniteti va mustaqilligini jahon miqyosida mustahkamlashda yana bir katta qadam qoyilganligini takidlab o`tdilar.

Manba: O’zTTBRM