Korxona jamoasi O‘zbekiston xalqni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

14.01.2021

Bugungi kunda global axborot makonidagi qarama-qarshilik, inson, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchayishi sharoitida harbiy xizmat nafaqat konstitutsiyaviy, balki sharafli burchga aylandi. Milliy armiya esa sadoqat, matonat, jasoratni xislatlarini tarbiyalash maktabi bo‘lib, xalqimizning hayoti, mamlakat hududiy yaxlitligi va tinchligining ishonchli kafolatidir.

Shuning uchun davlatimiz rahbari mamlakat mudofaa sanoati kompleksini yana-da rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, favqulodda vaziyatlar prognoz va monitoring qilish hamda avariya va texnogen halokatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqdalar.

Bilamiz, bu kun millionlab yurtdoshlarimiz uchun jasorat, matonat, vatanparvarlik va Vatanga fidoyilik bilan xizmat qilishning ramzi hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, botir va jonkuyar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hurmatli ota-onalarga, harbiy xizmatchilarimizga o‘z muqaddas burchini ado etishda hamisha tog‘dek tayanch bo‘lib kelayotgan ularning oila aʼzolariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Biz barcha yurtdoshlarimizga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishda sharafli vazifani ado etishda mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, oilalariga esa yangi – 2021 yilda fayz-baraka va baxt-saodat yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba:  rtmc.uz