Kelayotgan yangi 2021 yil bilan!

31.12.2020

O’tgan 2020 yil qiyin bo’lganiga qaramay, xalqimiz barcha qiyinchilik va to’siqlarni birgalashib, yengib o’tishga muvaffaq bo’ldi.
Kelgusi 2021 yil har birimiz uchun yanada muvaffaqiyatli va farovon bo’lishiga ishonamiz.
Barchamizga ma’lumki, 2021-yil O’zbekistonda yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan, “O’zTTBRM” DUK jamoasi yangi 2021 yilda barchaga mustahkam sog’liq, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilaydi! O’zingizni asrang! Yangi yilingiz bilan!

Manba:  rtmc.uz