“ITWomen.Uz – 2021” loyihasi doirasida Toshkent shahrida marafon o’tkazildi.

25.06.2021

Z.M.Bobur nomidagi Markaziy ekologik parkda “ITWomen.Uz – 2021” kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan ayollar va qizlarga sertifikatlarni topshirish marosimi hamda 1000 metrga yugurish marafon poygasi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir tashkilotchilari – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi.
Musobaqaning asosiy poygasida “ITWomen.Uz – 2021” ni muvaffaqiyatli tugatgan ayollar va qizlar, Vazirlik Markaziy apparati, bo’ysunuvchi korxona va tashkilotlar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari J. Egamberdiev hamda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining bo’lim boshlig’i N. Karimova ochib berdilar.
Tadbir doirasida “ITWomen.Uz – 2021” kurslarini tugatgan ishtirokchilarni sertifikatlar bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirning ikkinchi bosqichida 1000 metrga yugurish marafon poygasi bo’lib o’tdi. Sovrinlarni qo’lga kiritgan g’oliblarga estalik sovg’alari topshirildi.

Manba: “O’zTTBRM” DUK matbuot markazi