HAFTALIK O‘QUV SOATI

22.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabridagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish  va baholash to‘g‘risidagi tasdiqlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori, Vazirlikni 2020 yil 30 oktyabridagi 557-son buyrug‘i, Soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi  ijrosini taʼminlash maqsadida haftalik o‘quv soati joriy yilning 22 yanvar kuni videokonferensiya tizimi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv soatida Vazirlikning Raqamli industriyani rivojlantirish bo‘limi va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ masʼullari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari tomonidan ommaviy moliyalashtirish –kraudfanding va opsion-shartnomalarni tuzish tartibi, shu bilan birga, pochta aloqa xizmatlari va logistikasini rivojlantirish bo‘limi va “O‘zbekiston pochtasi” AJ masʼul pochta aloqasiga oid qonun hujjatlarni mazmun-mohiyati  xususida soha xodimlariga tushuntirish berib o‘tildi.

Manba:  rtmc.uz