Boshqa passport ma’lumotlari kiritilgan mobil qurilmalarining qayta ro’yhatdan o’tkazish holatlari

16.04.2021

UZIMEI ma’muriyati quyidagilarni habar qiladi. Boshqa pasport ma’lumotlari kiritilgan mobil qurilmalarining qayta ro’yhatdan o’tkazish faqat mobil qurilmani egasining o’z pasport bilan UZIMEI ofislariga yoki pochta bo’linmalariga shaxsan murojati asosida amalga oshiriladi. Pasport egasining arizasiga muvofiq.

Ushbu meyorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida 778 Qarori bilan, hamda boshqa pasportga qayta ro’yhatdan o’tkazish imkoniyatlarni cheklash uchun ham belgilangan. Pasport ma’lumotlarining yo’qolishi uchun UZIMEI javobgar emas. Uchinchi shaxslarning pasport ma’lumotlarini egasining ruxsatisiz ishlatish qonun bilan jazolanadi.

Xozirda UZIMEI saytining yangi variantini yaratish ishlari yakunlanmoqda, u yerda iste’molchilarga onlayn xizmatlar ko’rsatishda bir nechta qulayliklar mavjud. Bular qatorida, iste’molchilarda qaysi mobil qurilmalarning IMEI kodlari ularning ruxsatisiz shaxsiy pasportlariga ro’yhatdan o’tganligini tekshirish. Hamda, o’rnatilgan tartibda ushbu qurilmalarni o’chirish bo’yicha ariza topshirish imkoniyati bor.

Manba:  rtmc.uz