“Bir million o’zbek dasturchi” faoliyatining bir yilligini nishonlash tadbiri

16.12.2020

O’zbekistron Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy va texnik yordam jalb etish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi F-5480-son Farmoyishi bilan tastiqlangan 14-son “Dasturlash” ishchi guruxi vazifalarini amalga oshirish doirasida Dubay Kelajak Fondi bilan hamkorliqda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Shu munosabati bilan, joriy yil 16-dekabr kuni Arab Amirliklari va O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasida “Bir million dasturchi” loyixasi yuzasidan yillik onlayn tadbir bo’lib o’tdi va unda “O’zTTBRM” DUK rahbariyati va xodimlari ishtirok etdilar.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov o’z nutqi bilan tadbirni ochib berdilar. BAA xukumat ishlari vaziri Muxammad bin Abdulloh Al Gargaviy tabrik bilan so’zga chiqdilar.

Tadbir davomida xalq ta’limi vaziri o’rinbosari va axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o’rinbosari bilan savol-javob o’tkazildi.

Tadbir so’ngida “Open Data & Gov. Services”, “Sports programing”,
“Students Cup”loyxalari doirasida bo’lib o’tgan tanlovlar g’oliblarini tag’dirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Manba:  rtmc.uz