Oylik arxivlar: July 2019

AKT sohasida yangi qoʻshma korxona tashkil etildi

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” doirasida mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalari ishlanmalari bilan shugʻullanuvchilarning rivojlanishi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangi “INFORMATION TECHNOLOGY CENTER” MCHJ qoʻshma korxonasi tashkil etildi. “Delta Telecom International I, LLC” (AQSH) (ustav kapitalining 51 foizi) kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari… To’liq o’qish »

Afgʻoniston kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv

17-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Q.Yuldashev Afgʻoniston kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vaziri oʻrinbosari X.Xedoyati bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etdilar va oʻzaro manfaatli boʻlgan ustuvor yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Jumladan, tomonlar ikki mamlakat aloqa operatorlari oʻrtasida telekommunikatsiya… To’liq o’qish »

Hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida davra suhbati boʻlib oʻtdi

28-iyun kuni Aloqa tarixi muzeyida qishloq va shahar oʻrtasidagi turmush sharoitidagi tafovutni qisqartirish maqsadida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Unda AKT vazirligi mutasaddilari, operator va provayderlar, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari eng chekka hududlarda telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Yigʻilishda Vazirlik hududiy boshqarmalari mutasaddilari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.… To’liq o’qish »