Oylik arxivlar: February 2019

“Yandeks” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

27-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov kompaniyaning IT sanoati hamda zamonaviy internet servislar va yechimlar ishlanmalari sohasidagi koʻp yillik ish tajribasini alohida eʼtirof etdi. “Yandeks” kompaniyasi vakillari kelgusida ham oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.… To’liq o’qish »

Navoiy Xalqaro aeroportida 3G/4G va Qcell (Lamp Site) tеxnologiyalari boʻyicha yangi baza stansiyalari oʻrnatildi

Oʻzbеkistonda turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xalqaro aeroportlarda sayohatchilarni birinchi navbatda, ishonchli aloqa va yuqori tezlikdagi Internet mavjudligi qiziqtirmoqda. “Oʻzbеktеlеkom” AK “OʻzMobayl” filiali tomonidan “Navoiy” Xalqaro aeroportida 3G/4G texnologiyasidan foydalangan holda baza stansiyalarni oʻrnatish va sozlash ishlari yakunlandi. Xalqaro aeroportning terminali hududida yoʻlovchilar, xodimlar va kutib oluvchilar yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanishlari… To’liq o’qish »

2019 yildagi Butunjahon radioaloqa anjumaniga Tayyorgarlik yigʻinining ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

2019-yilning 18-fevral kuni Jeneva (Shveysariya) shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning 2019-yildagi Butunjahon radioaloqa anjumaniga Tayyorgarlik yigʻinining ikkinchi sessiyasi (ATY-19-2) oʻz ishini boshladi. XEI Bosh kotibi Xoulin Chjao oʻzining qutlov soʻzida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivoji, yuklatilgan vazifalarga erishish uchun radiochastotalardan foydalanishning ahamiyati tobora ortib borayotganini eʼtirof etdi. Shuningdek, ATY-19-2 raisi janob Xolid Al-Avadiy (BAA) hamda 2018 yil… To’liq o’qish »

“Detecon International GmbH” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

14 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Germaniyaning “Detecon International GmbH” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Q. Yuldashev germaniyalik mehmonlarni qutlar ekan, xorijiy, jumladan, germaniyalik sheriklar bilan mamlakatimizda zamonaviy IT-texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, ustuvor ahamiyatga molik telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda ularning ishtirokini jadallashtirish… To’liq o’qish »

UZMOBILE O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqlarini kengaytirishda davom etmoqda

«O‘zbеktеlеkom» AK «Uzmobayl» filialining minglab baza stansiyalari butun O‘zbеkistonimiz bo‘ylab, tunu-kun mobaynida, millionlab abonеntlarga xizmat qiladi. Kompaniyaning mobil laboratoriyalari aloqa sifati monitoringini o‘tkazadi va birinchi navbatda, zarur bo‘lgan joylarga qo‘shimcha baza stansiyalarini o‘rnatadi. O‘zbekistonning barcha mintaqalarida har kun yangi antеnna-machta inshootlari, zamonaviy asbob-uskunalar va eng zamonaviy baza stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kompaniya 2019-yilda… To’liq o’qish »