Oylik arxivlar: October 2018

O‘zbekiston-Qozog‘iston axborot texnologiyalari forumi boshlandi

Toshkentdagi Inha universiteti (IUT)da 25-oktyabr kuni O‘zbekiston-Qozog‘iston axborot texnologiyalari forumi boshlandi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Asqar Jumagaliyev, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, mamlakatimiz davlat organlari va tadbirkorlari vakillari, Qozog‘istonning 20dan… To’liq o’qish »

«O’zbektelekom» AK shaharlararo aloqa uchun yagona tariflash tizimi yo’lga qo’yilganligini e’lon qiladi

«O’zbektelekom» AK barcha mahalliy telefon aloqa abonentlari uchun shaharlararo qo’ng’iroqlarga yagona tarif rejani taqdim etadi. Ilgari shaharlararo qo’ng’iroqlarning 1 daqiqa uchun narxi shaharlar orasidagi masofaga bog’liq holda 40 so’mdan 90 so’mgacha bo’lgan. Endi esa O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar narxi daqiqasiga 12 so’mni tashkil etadi. Manba:O’zbektelekom

Hikvision kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

9 oktabr kuni “Hangzhou Hikvision Technology Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yangjon Xu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ushbu xorijiy kompaniyaning ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuvda tomonlar loyiha bilan bogʻliq masalalarni birgalikda oʻrganishga kelishib oldilar. Bu esa “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda konseptual yondashuvlarni aniqlashda foydali boʻlishi mumkin. Hikvision… To’liq o’qish »

Vazir “Veon Group” bosh amaliy direktori Shell Morten Yonsen bilan uchrashdi

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov “Veon Group” kompaniyasining bosh amaliy direktori Shell Morten Yonsen bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar “Beeline” kompaniyasining Oʻzbekiston mobil aloqa bozorida yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokiga doir muvaffaqiyatli ish tajribasini qayd etdilar. Suhbatda zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish, xususan, toʻrtinchi avlod… To’liq o’qish »

AKT vazirligida Koreyaning Inha universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2018-yil 9 oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Inha universiteti vitse-prezidenti Xiuk Von xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar Toshkentdagi Inha universitetining ilk qaldirgʻochlari oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shuningdek, 3+1 dasturi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti 4-kurs talabalarining Koreya Respublikasida oʻqishni davom ettirib, uni muvaffaqiyatli tugatganliklarini ham… To’liq o’qish »