Oylik arxivlar: June 2018

Vazir EPAM Systems prezidentini qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev yurtimizga IT-sanoati imkoniyatlarini o’rganish uchun tashrif buyurgan EPAM Systems Direktorlar kengashi prezidenti Arkadiy Dobkin hamda kengash vakillarini qabul qildi. Yurtimizda dastur ishlab chiqaruvchilari uchun qulay sharoit yaratish hamda axborot texnologiyalari sohasida loyihalarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun «Mirzo Ulugbek Innovation Center» (MUIC) Innovatsiyalar makrazi… To’liq o’qish »

AKT vaziri LG CNS vitse-prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Koreyaning LG CNS kompaniyasi vitse-prezidenti Jong Vun Yul bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining bugungi holati yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, «LG CNS Uzbekistan» qo‘shma korxonasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda LG CNS kompaniyasi imkoniyatlari va tajribasidan foydalanish, o‘zaro manfaatli hamkorlik… To’liq o’qish »

Toshkentda «salmoqli ma’lumot va bulutli hisoblash» texnologiyasi muhokama markazida

Bugun poytaxtimizda Xalqaro elektraloqa ittifoqining MDH hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari uchun «Salmoqli ma’lumot va “bulutli hisoblash”» mavzusida hududiy seminari ish boshladi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Tadbirda Ozarboyjon, Afg‘oniston, Bangladesh, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya kabi mamlakatlarning yetakchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ekspertlari, milliy statistika xizmatlari mutaxassislari, telekommunikatsiya operatorlari hamda… To’liq o’qish »

Manzil-ma’lumot axborotlarini elektron taqdim etish xizmati joriy qilindi

O’zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etishga mo’ljallangan yangi xizmat joriy etildi. Ushbu davlat xizmati jismoniy shaxslarga fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun ro’yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani olish bo’yicha elektron ariza taqdim etish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 1995 yil 31 maydagi “Ichki ishlar organlarida manzil-ma’lumotlar idorasi… To’liq o’qish »