Oylik arxivlar: May 2018

“Silverlake Group” bilan hamkorlik istiqboli muhokama qilindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Malayziyaning “Silverlake Group” kompaniyasi rahbari M.Redzuan Kushayri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, “elektron hukumat” yo‘nalishi uchun yangi tizim va axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qilish kelishib olindi. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborot… To’liq o’qish »

AKT sohasining holati va istiqboli #MITCROADMAP2018 anjumanida muhokama qilindi

2018 yilning 22 mayida Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining #MITCROADMAP2018 anjumani tashkil qilindi. Anjumanda 2018-2019 yillarda O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan dolzarb masalalar, AKT sohasi, IT-ta’lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar o‘rtaga tashlandi. O‘zbekistondagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hozirgi holati… To’liq o’qish »

AKT vaziri KT Corporation vitse-prezidentini qabul qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev bugun «Koreya Telekom» korporatsiyasi vitse-prezidenti janob Li Bek Xi bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar istiqbolda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining boshqa yo‘nalishlarida ham ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildilar. Xususan, Koreya tomoni O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot texnologiyalarini, jumladan Internetga simsiz ulanish xizmatlarini joriy qilish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlikni amalga… To’liq o’qish »

Mobil aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi

Shu yilning 4 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama etildi. Davra suhbatida davlat rahbari tomonidan joriy yilda internet tezligini 8-10 barobarga oshirish vazifa etib topshirilgani alohida ta’kidlandi. Mazkur vazifaning ijrosini ta’minlash uchun… To’liq o’qish »