Hurmatli vatandoshlar!

31.08.2020

Sizlarni mamlakatimizning eng muhim va yorqin bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan tabriklash biz uchun katta mamnuniyat bag’ishlaydi.

29 yil davomida O’zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan ulkan buyuk ishlar va tarixiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirganda, avvalo, tinchlik va osoyishtalik, ahillik va o’zaro hamjihatlik, jamiyatimiz uchun zarur bo’lgan va xalqimiz tomonidan saqlanayotgan, har tomonlama chuqur o’ylangan, izchil va qat’iy amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar xalqimiz manfaatlari markazida bo’lgan, uzoq va yaqin qo’shnilar bilan do’stlik va hamkorlikni mustahkamlash yuksak marralar sari erishishni ta’minlaydigan eng muhim omillar ekanini qayd etish lozim.
Sizni Respublikamiz Mustaqilligi kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Sizga va oilangizga tinchlik va farovonlik tilaymiz.
Bayram bilan!