Jamol Maxsudov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

12.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Maxsudov Jamol Tilloyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan, bugun vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi.

J.Maxsudov shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Shu bilan birga, J. Maxsudov faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa institutida “Elektr aloqa muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Maxsudov Jamol Tilloyevich 1972 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.

Manba: mitc.uz