«O‘zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” davlat unitar korxonasining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha rejasiga asosan tadbir o’tkazildi.

19.12.2019

2019 yil 12 dekabr kuni «O‘zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” davlat unitar korxonasining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha rejasiga asosan hamda 2019 yil 20 noyabrdan – 20 dekabrgacha Respublikada “Kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi” o‘tkazilishi sababli Olmazor tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan texnika va birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish namoyishi o‘tkazildi.

Manba: Axborot xizmati.