«O’ZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI BOSHQARISH RESPUBLIKA MARKAZI» davlat unitar korxonasi xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etishdi

21.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi farmoyishiga binoan joriy
yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18-avgust umumxalq
xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.
«O’ZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI BOSHQARISH RESPUBLIKA MARKAZI» DAVLAT UNITAR KORXONASI tomonidan 17-18-avgust
kunlari hashar o‘tkazildi. Unda korxona xodimlari faol ishtirok etdilar.
Hashar mobaynida manzarali daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borildi, ko‘chalar, yo‘laklar
tartibga keltirilib, bino va uning atrofi obodonlashtirildi.

Manba: www.rtmc.uz