«Telekommunikatsiya sohasida yangi xizmat turlari va telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini oshirish masalalari» ga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi

28.06.2019

2019-yil 26-iyun kuni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing o‘tkazildi, unda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish sohasida yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.

Hozirgi kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi tarmoqlari faol rivojlanmoqda, ularning uzliksiz ishlashi uchun foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash zarur. Shu munosabat bilan “O‘zbektelekom’ AK hamkorlariga simsiz Wi-Fi tarmoqlari foydalanuvchilarini identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun yangi xizmat turini taklif etdi, ya’ni ushbu xizmat SMS-xabarlar avtorizatsiyasi tizimini va brendlangan sahifalarni o‘z logotipi bilan loyihalashtirish imkonini o‘zida jamlaydi.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmonining bajarilishi, shuningdek, taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari doirasini kengaytirish maqsadida joriy etildi.

2017-2019 yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgust “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 625-sonli qarorini amalga oshirish doirasida “O‘zbektelekom” AK “Uz-IX” piring tarmog‘i loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

“O‘zbektelekom” AK 3-iyundan boshlab 100 Mbit/s.gacha tezlikka ega “TURBO” va “TURBO NIGHT” xizmatlarini yangilaydi. Shuningdek, butun O‘zbekiston bo‘ylab UZONLINE abonentlarida “UZ-IX” va “TAS-IX” tarmoqlariga 40 va 100 Mbit/s. tezlik bilan xizmatlarga ulanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mazkur tezlik VDSL va FTTx texnologiyalaridan foydalangan abonentlar ulanishi mumkin.

Bundan tashqari,joriy yil 3-iyundan 31-avgustgacha butun O‘zbekiston bo‘ylab, “TURBO” va “TURBO NIGHT xizmatlari uchun yozgi chegirmalar” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Endi abonentlar xizmatlardan 50 % chegirma bilan foydalanishlari mumkin!(Batafsil ma’lumot bilan: www.uztelecom.uz saytida tanishish mumkin).

Brifing yaqin vaqt mobaynida axborotlarni himoya qilish vositalarini yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda biznesning asosiy ehtiyojlarini ta’minlaydigan – korxonaning raqamli faolligini himoya qilish, ularga raqamli muhitda xavfsiz ishlashda yordam beradigan yuqori texnologik, sifatli himoya vositalari joriy etilishi haqida so‘zlab berildi.

Kompaniyaning “Axborot tizimlari”filiali tomonidan yuridik shaxslar uchun quyidagi xizmatlar ishga tushirildi:

— “Bulutlivideokuzatuv”;

— WEB-xosting;

— Co-location;

— Video – konferensaloqa.

O‘zbekiston tadbirkorlariga xodimlar shtati moliyaviy xarajatlarini kamaytirishga, shuningdek, xodimlar uchun bino ijarasi, ofis uskunalari va mebellar xarajatlarini tejashga imkon beradigan “Virtual ofis” xizmatini taqdim etamiz.

Xosting xizmatlarining turlaridanbiribo‘lgan — VDC (Virtual Data Center) yoki VPS (Virtual Private Server) kabi boshqa xizmat turlari ham joriy etiladi, ular doirasida foydalanuvchiga virtual ajratilgan server taqdim etiladi.

“O‘zbektelekom” AK bugungi kunda o‘z mijozlariga kontentni saqlash, uzatish va qaytaishlash xizmatlarini taqdim etish uchun telekommunikatsiya infrastukturasini rivojlantirish maqsadida, “Toshkent, Farg‘ona va Buxoroda ma’lumotlarni saqlash va uzatish markazlarini yaratish” loyihasini amalga oshirmoqda.

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida “O‘zbektelekom” AK 2019-yil 15-maydan boshlab, jismoniy shaxslar uchun UZONLINE Internet-xizmatlariga ulanishda abonent to‘lovlarini amalga oshirishning yangi tartibini joriy etmoqda, bunda hisob-kitob davri va to‘lov muddatlari “suzuvchi davr” tamoyili bo‘yicha o`zgarishi mumkin.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini texnik modernizatsiyasi, yanada tezkor va arzon tariflar, yangi innovatsion xizmatlarning joriy etilishi, shuningdek, abonentlarning sodiqligini oshiruvchi ko‘psonli aksiyalar iste’molchilarning kompaniyaga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, Brand Analytics kompaniyasining tadqiqotlariga muvofiq, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilari salbiy va ijobiy baholarining nisbati 2018-yil dekabrdan 28% (ijobiy) dan, 2019-yil maygacha 90% (ijobiy)gacha o‘zgardi. Telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyasi davom etmoqda.

Manba: mitc.uz