“O‘zbektelekom” AK aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish loyihalari bo’yicha brifing o’tkazdi

28.05.2019

2019-yil 28-may kuni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing o‘tkazildi, unda olib borilayotgan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilishi haqida so‘zlab berildi.

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2019-yilda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, abonentlar sonini ko‘paytirish va Internet tezligini oshirishga yo‘naltirilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish butun O‘zbekiston bo‘ylab misli liniyalarni optik tolali aloqa liniyalariga almashtirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bo‘ylab, jumladan, chekka hududlarga ham kabellar yotqizilmoqda.
2019-yilning dastlabki to‘rt oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Respublikaning barcha hududlarida texnik standartlar talablariga muvofiq, liniya kabel inshootlarini qo‘llab-quvvatlash uchun eskirgan telefon liniyalari ta’mirdan chiqarildi va almashtirildi, 4 ming kmdan ortiq mis kabellari yangilandi, xDSL texnologiyasi bilan xizmatlar sifati yaxshilandi.
  • Umumiy sig‘imi 150 mingdan ortiq portga ega keng polosali ulanish qurilmalari o‘rnatildi, buning natijasida abonentlarga FTTx texnologiyasidan foydalangan holda optik aloqa liniyalariga asoslangan telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 2 ming 408ta ko‘p qavatli uylar, 1108ta umumiy ta’lim maktablari zamonaviy aloqa xizmatlari bilan ta’minlandi.
  • Bundan tashqari, 2019-yil boshidan, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
  • Bugungi kunda umumiy hajmi 54272 portga ega VDSL qurilmasini o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlarida 146,944 portga ega GPON qurilmasini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda va 2019-yilning ikkinchi choragida ishga tushiriladi. Shuningdek, joriy yilning uchinchi choragida umumiy quvvati 600 mingdan ortiqni tashkil etgan GPON texnologiyasidan foydalangan holda qo‘shimcha qurilmalar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Brifing davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bugungi kunda abonеntlarga xizmat ko‘rsatish sifati va xizmatlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etishga katta e’tibor qaratilayotganligi haqida ham so‘zlab berildi.

Masalan, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida “O‘zbektelekom” AK Qo’ng’iroqlarni qayta ishlash yagona markazlarini birlashtirish uchun mamlakatning barcha hududlaridan kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlarni “1084” va “1086” raqamlariga yo‘naltirish ishlari amalga oshirildi va qabul qilish tizimi markazlashtirildi. Bu mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshirdi.

Brifing vaqtida yana bir juda qiziqarli loyiha amalga oshirilishi haqida so‘zlab berildi. 2017-2019 yillar uchun jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi “Jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 625-sonli qaroriga muvofiq, “O‘zbektelekom” AK “Uz-IX” piring tarmog‘ini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi.

“O‘zbektelekom” AK “Uz-IX” piring tarmog‘ining tashkil etilishi jahonda ommabop Internet-resurslar va portallarni joylashtirish, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yuqori sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda “O‘zbektelekom” AK litsenziyalangan yirik media-kontent kutubxonasiga (filmlar, tеlеsеriallar va multfilmlarga) ega bo’lgan  ivi onlayn-kinotеatri bilan hamkorlikda qo‘shma loyihani tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi