Toshkentda USENET 2019 anjumani boʻlib oʻtdi

17.05.2019

Poytaxtimizda har yilgi USENET 2019 Internet-anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov anjuman ishtirokchilariga tabrik soʻzi bilan murojaat qildi.

Anjumanning asosiy mavzulari quyidagilar: Internetda biznes targʻiboti, messenjerlar, videoreklama, SMM, Internet-OAV, startaplar, innovatsion mahsulotlar vai shlanmalar.

Bu yil anjuman yanada kengroq miqyosda oʻtkazilib, marketing, reklama va IT sohasi ekspertlarini birlashtirdi.Anjuman 20 nafardan ziyodroq spikerlarning chiqishlari uchun maydon boʻlib xizmat qildi. Xorijiy mehmonlar safida yetakchi IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Bu galgi USENET hisob boʻyicha oltinchi anjuman boʻlib hisoblanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi