IUT bitiruvchilari Silikon vodiysida konfrensiyada qatnashmoqda

10.05.2019

Bugun IUT bitiruvchilari Silikon vodiysidagi Google I/O dasturchilar uchun 12-konfrensiyada qatnashishmoqda va hozirda ushbu tadbirdan to‘g’ridan-to‘g‘ri efir chiqishmoqda.

Joriy yilda bu tadbir 7-9 may kunlari Mountain View-dagi “Shorlayn” ochiq amfiteatrida bo‘lib o‘tadi.

Aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston talabalari ilk bor ushbu konfrensiyada ishtirok etishmoqda va biz ular aynan Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilari ekanligidan mamnunmiz.

Google I/O konferentsiyasida yilning eng yirik yangiliklari taqdim etiladi. O‘tgan yili Android P, Assistant , Gmail, Lens va Photosning yangi funksiyalari, Duplexning hayratlanarli texnologiyasi, Lookoutning mobil dasturi va boshqa anonslar e`lon qilingan edi.

Quyidagi ssilka orqali onlayn translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/lyRPyRKHO8M

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi