Toshkent shahridagi Inha universitetida Security Trends Central Asia 2019 anjumani oʻtkaziladi

10.04.2019

23 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Security Trends Central Asia 2019 anjumani boʻlib oʻtadi.

Tadbir davomida Trend Micro Incorporated kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari korxona va tashkilotlar kiberhimoyasining zamonaviy usul va uslublari haqida soʻzlab beradilar hamda sohada mavjud muammolarni muhokama qiladilar.

Anjuman yillik forumga aylantirilishi, davlat tashkilotlari, tijorat kompaniyalari va turli yechimlar ishlanmalari boʻyicha mutaxassislar oʻrtasida muhokama va munozara maydoniga aylanishi koʻzda tutilgan.

Ushbu munozarada Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ham ishtirok etadilar.

Mazkur tadbir boʻlgʻusi mutaxassislarni axborot xavfsizligi sohasidagi trendlardan xabardorligini oshirish maqsadida ularni jalb etishga qaratiladi.

Anjumanda ishtirok etishni istagan barcha xohlovchilar quyidagi havolaga oʻtishlari zarur: https://securitytrendsevents.com/tashkent2019#About

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi