IUT va “SRPOST” oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi

26.12.2018

2018 yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rektori v.b. Muzaffar Jalolov va Janubiy Koreyaning “SRPOST” kompaniyasi bosh direktori O Chang-Yong oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Memorandum doirasida tomonlar elektron hukumat hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib olishdi.

IUT va “SRPOST” ham loyihalarni universitet talaba va professor-oʻqituvchilar tarkibini jalb etgan holda birgalikda amalga oshirish niyatida.

“ePeople” portali ishlab chiquvchisi “SRPOST” IT-kompaniyasi 2007 yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati mijozlarga xizmat koʻrsatishning dasturiy taʼminotini, pochta tizimini, SI/SMni ishlab chiqish, Biznesni boshqarish boʻyicha milliy Kengashining dasturiy taʼminotini rivojlantirish, shuningdek Big data va boshqa yangi texnologiyalar asosida amaliy tizimni ishlab chiqishdan iboratdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi