Andijon viloyati Xonobod shahrida sayyor qabul bo’lib o’tdi

04.05.2021

Andijon viloyati Xonobod shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarning viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalari hamda mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi hamda olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.
Shuningdek, aloqa va telekommunikatsiya, radio va televideniye, axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish, litsenziya olish tartibi, Wi-Fi zona yaratish kabi masalalar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi va o‘rganib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Manba: mitc.uz