Oylik arxivlar: June 2021

Firibgarlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

Biz fuqarolarni uyali aloqa vositalarini soxta ro‘yxatdan o‘tkazish niqobi ostida mablag‘larni o‘zlashtirish bilan bog‘liq, keng tarqalgan firibgarlik sxemalari to‘g‘risida ogohlantiramiz. Ogoh bo‘ling va aldanmang! Hurmatli iste’molchilar, shuni e’tiborga olingki, allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan mobil qurilmalar chakana sotilishi kerak. Iste’molchi (xaridor) ro‘yxatdan o‘tish tartib-taomiliga aralashmasligi va ro‘yxatdan o‘tish uchun pul to‘lamasligi kerak. Chet eldan olib kelingan (yoki… To’liq o’qish »

AKT vaziri Termez shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov  Surxondaryo viloyati Termez shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘quv markazini tashkil etish uchun “O`zbektelekom” AK Surxondaryo filialining bo‘sh turgan binosi tanlab olinib, to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, unda kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi… To’liq o’qish »

AKT vaziri Boysun tumani yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi mamlakatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Shu sababli, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugun, 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov hamda Boysun tumani hokimi A. Jo‘rayev bilan Surxondaryo viloyati Boysun tumani… To’liq o’qish »

“ITWomen.Uz – 2021” loyihasi doirasida Toshkent shahrida marafon o’tkazildi.

Z.M.Bobur nomidagi Markaziy ekologik parkda “ITWomen.Uz – 2021” kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan ayollar va qizlarga sertifikatlarni topshirish marosimi hamda 1000 metrga yugurish marafon poygasi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir tashkilotchilari – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi. Musobaqaning asosiy poygasida “ITWomen.Uz – 2021” ni muvaffaqiyatli tugatgan ayollar va qizlar,… To’liq o’qish »

Toshkentda Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha MDH xalqaro ekspert forumi oʻtkaziladi

Joriy yilning  29-iyun kuni Oʻzbekiston poytaxtida Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro MDH ekspert forumi boʻlib oʻtadi. Forum Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va MDH Ijroiya qoʻmitasi koʻmagida oʻtkaziladi. Gibrid formatda xorijiy ishtirokchilarni onlayn tarzda jalb qilgan holda tashkil etilayotgan axborot xavfsizligi masalalari boʻyicha… To’liq o’qish »