10 dekabr-O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10.12.2020

Davlat ramzlari mamlakatimiz tarixi va kelajagini, uning an’analari, qadriyatlari, qudrati va salohiyatini ifodalaydi. Xalqimizning ozodligi va qudrati, farovon hayoti, orzu-intilishlarini tarannum etuvchi O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi ana shunday ramzlardan biridir. O’zbekiston davlat madhiyasi qabul qilingan kun har yili 10 dekabrda nishonlanadi.

Shu kuni 1992 yilda “O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to’g’risida”gi qonun imzolangan. Qonunga muvofiq matni va musiqasi tasdiqlangan.

Mashhur bastakor Mutal Burxonov tomonidan O’zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Aripov she’rlari asosida yaratilgan musiqa mustaqil O’zbekiston ovozi sifatida butun dunyoda yangraydi.

Qonunga muvofiq davlat madhiyasi O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. Davlat madhiyasiga chuqur hurmat qilish  barcha fuqarolarning vatanparvarlik burchidir.

Davlat madhiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga tainlanib qasamyod keltirgandan so’ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sessiyalari va Oliy Majlis Senatining yalpi majlislarini ochish va yopishda, O’zbekiston Respublikasida umumxalq bayramlari, tantanali yig’ilishlar, uchrashuvlar va tadbirlar ochilishida yangraydi.

“O`zTTBRM” DUK jamoasi vatanparvarlik tuyg’usini ifodalaydigan madhiya jamiyatda yuksak ma’naviy tamoyilni qaror toptirish, yosh avlodni milliy an’analarga, qadriyatlarga, Vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda alohida o’rin tutishiga chin dildan ishonadi.