Bo’limlar

Transport tarmoqlarini boshqarish bo’limi (TTBB)

Bo’lim boshlig’i: Safarova Gulnora Muzafarovna

TTBB asosiy vazifalari:

  • – O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari ishlashini baholash;
  • – Davlat boshqaruv organlari, modova va milliy xavfsizlik xizmatilari, boshqa xo’jalik sub’yektlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda O’zbekiston telekommunitsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini barqaror ishlashini ta’minlash;
  • – Davlat boshqaruv organlari, mudofaa va milliy xavfsizlik xizmatilari ehtiyojini qondirish maqsadida operatorlar telekommunikatsiya taqmoqlaridan imtiyozli foydalanish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
    Favqulotda vaziyatlarda O’zbekiston Respublikasi birlamchi tarmoqlarini tezkor-texnik boshqarish;
    Chet el davlatlari telekommunikatsiya operatorlari hamda Milliy Boshqaruv Markazlari bilan o’zaro hamkorlikda ishlash;
  • – Turli operatorlar va «O’zTTBRM» DUK o’rtasida tuzilgan shartnomalarda belgilangan vazifalar va Vazirlik (O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) farmoishlari;
  • – Shaharlararo va zona ichi transport tarmoqlari resurslari to’grisidagi ma’lumotni hamda tarmoq elementlarini yagona tasniflash va kodlashga amal qilgan holda O’zbekiston ikkilamchi tarmoq resurslari to’grisidagi markazlashgan ma’lumotlar bazasini yuritish;
  • – O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari sxemasini tayyorlash va unga o’zgartirishlar kiritib borish;
    O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish, tarmoq boshqaruv tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
  • – MDH va boshqa davlatlarni O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi o’zgarishlardan xabardor etish;
  • – O’zbekiston Respublikasi televidiniya va radio uzatish sxemasini tayyorlash va unga o’zgartirishlar kiritib borish.

Ma’lumot uchun:
E-mail: safarova@rtmc.uz
Tel.: 240-53-36
Qabul kunlari: juma 10.00-12.00


Texnologik jarayonlar va avtomatlashtirish bo’limi (TJvaAB)

Bo’lim boshlig’i: Giyasov Shavkat Qudratullayevich

TJvaAB asosiy vazifalari:

  • – O’zbekiston Respuplikasi zamonaviy tarmoq resurslarini boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish loyihasida ishtirok etish;
  • – O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari texnik holatini monitoring va tahlil qilish;
  • – «O’zTTBRM» DUKda texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • – «O’zTTBRM» DUK lokal tarmog’i ishchi holatini nazorat qilish va ta’minlash.

Ma’lumot uchun:
Tel.: 240-53-72
E-mail: Shavkat@rtmc.uz
Qabul kunlari: juma 10.00-12.00


Telekommunikatsiya xizmatlarini sotish va hisoblash bo’limi  (TXSvaHB)

Bo’lim boshlig’i: Danilina Elena Nikolaevna

TXSvaHB asosiy vazifalari:

  • – Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va xavfsizlik xizmati, huquqni muhofaza qilish va favqulotda holatlardan saqlash idoralarining aloqa kanallari va traktlarini ijaraga olish bo’yicha buyurtmalarini markazlashtirilgan holda ko’rib chiqish, umumfoydalanish telekommunikatsiya tarmoqlaridagi kanallar va traktlar ijarasi bo’yicha shartnomalar tuzish va yuritishni amalga oshirish;
  • – Operatorlar tarmoqlarida yuridik shaxslar buyurtmalaridan kelib chiqqan holda shartnoma asosida kanallar va traktlar ijarasi bo’yicha shartnomalar tuzish va yuritish;
  • – Aloqa kanallariga bo’lgan ehtiyojni qondirish maqsadida iste’molchilar bilan o’zaro hamkorlikda ishlar olib borish;
  • – Shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish;
  • – Tuzilgan shartnomalarga muvofiq ijarachi va buyurmachilar bilan o’z vaqtida hisob-kitob ishlarini olib borish.

Ma’lumot uchun:
Тел.: 240-53-52
E-mail: Elena@rtmc.uz
Qabul kunlari: juma 10.00-12.00


Tezkor boshqaruv punkti (TBP)

Bo’lim boshlig’i: Navruzqulov Qutiboy Valievich

TBP ning asosiy vazifalari:

  • – O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog’ining effektiv ishlashini ta’minlash;
  • – O’zR telekommunikatsiya tarmog’ini texnik holati tahlili hamda doimiy tizimli monitoringini olib borish;
  • – Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari manfaatini ko’zlagan holda telekommunikatsiya tarmoqlaridan ustivor ravishda foydalanishni tashkil etish hamda tezkor-texnik boshqaruvini amalga oshirish;
  • – Favqulotda holatlarda va avariya sodir bo’lganda Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta tiklash bilan bog’liq ishlarni boshqaradi;

Ma’lumot uchun:
Tel.: 238-19-62, 238-19-60
E-mail: pou@rtmc.uz
Qabul kunlari: juma 10.00-12.00